Otajon Hudoyshukurov - Lazgi qo`shiq matni

Hay omon, aha-hay, omon-ey, omon.
Asiram, benavoyam, bekasam,
Giriftoram-giriftoram, omon.

Umrimda gazmaram gulu gulzor sayrina,
Fasli bahor istamaram, bulbul o`lmasa.
Gulzor sayrina naylaram, ahli gul o`lmasa-ey,
Aha-hay, omon.

G`ani dog`lar, g`ani dog`lar,
Qorli bo`lar, qorsiz bo`lmas.
Yigit boshi omon bo`lsa,
Yorli bo`lar, yorsiz bo`lmas.
Omon-ey, omon.

Farang ro`mol boshinda, {x2}
Ganjumlari qoshinda. {x2}
O`zi necha yoshinda, {x2}
Qayg`u-alam boshinda.

Suv keladi roshidan, {x2}
Tegirmonning toshidan, {x2}
Og`aginang aylansin, {x2}
Ko`zginangni yoshidan. {x2}

To`rtko`l yo`lin yo`llama,
Qovunlarin to`rlama. (x2)
Yurtingizga bir keldik,
Uka, bizni xo`rlama. (x2)

Ola ko`z bo`y-bo`y-bo`y,
Qora ko`z bo`y-bo`y.
Ola ko`z gal bari, hey,
Ola ko`z gal bari.

Par devor-a, par devor,
Par devorni gardi bor.
Mani sevar yorimning
Yuragini dardi bor. (x2)

Mani sevar yorimning
Yuragini dardi bor.

Ola ko`z bo`y-bo`y-bo`y,
Qora ko`z bo`y-bo`y.
Ola ko`z gal bari, hey,
Ola ko`z gal bari.

Ola ko`z gal bari, hey,
Ola ko`z gal bari.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]