Otajon Hudoyshukurov - Muhabbatimni qo`shiq matni

Qo`shiq etib kuylarman, sanam,
Senga yonib muhabbatimni. (x2)
Ellar kezib so`ylarman, sanam,
Senga yonib muhabbatimni. (x2)

Qo`shig`imning alvon baytlari
Quyosh bo`lib socharlar ziyo. (x2)
Tonglar bedor o`ylarman, sanam,
Senga yoniq muhabbatimni. (x2)

Sayyoralar lol qolur hatto,
Jo`shqin dilim navolaridan. (x2)
Inon, doston aylarman, sanam,
Senga yonib muhabbatimni. (x2)

Yuragimdan zarrin nur olib,
Charaqlagay so`lim oqshomlar.
Mangu dilga joylarman, sanam,
Senga yoniq muhabbatimni.

Oshiq Erkin, yuraging mash`al,
Sadoqating quyoshdek yorug`.
Doim jo`shib kuylarman, sanam,
Senga yonib muhabbatimni.

Doim jo`shib kuylarman, sanam,
Senga yonib muhabbatimni. {x2}

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]