Otajon Hudoyshukurov - Xabar yubordim qo`shiq matni

Turnalarga aytib ko`ngil rozimni,
Falaklardan sizga xabar yubordim.
Goh kuldirib, goh yig`latib sozimni,
Yuraklardan sizga xabar yubordim.

Goh kuldirib, goh yig`latib sozimni,
Yuraklardan sizga xabar yubordim.

Ismin aytib kuylar barcha buloqlar,
Xushxabarga to`lar yaqin yiroqlar.
Gullolalar bir kun meni so`roqlar,
Chechaklardan sizga xabar yubordim.

Gullolalar bir kun meni so`roqlar,
Chechaklardan sizga xabar yubordim.

Ishq ahlining buyuk ekan kamoli,
Tillarimda Layli, Shirin kalomi.
Yillar aro yetar sog`inch salomi,
Ertaklardan sizga xabar yubordim.

Yillar aro yetar sog`inch salomi,
Ertaklardan sizga xabar yubordim.

Yuraklardan sizga xabar yubordim. {x2}

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]