Oxunjon Madaliyev - Dardim sig`mas dunyoga qo`shiq matni
Dardim sig`mas dunyoga,
 Sig`may qoldim o`zim ham, (x2)
 Xayolimda bir-birin
 Aldar ikki ko`zim ham. (x2)
Kim do`stim-u, kim dushman
 Bila olmay men halak,
 Ikkisi ham shirinso`z,
 Tushuntir o`zing, falak.
Onaning oq sutini
 Kimdir o`lchar pul bilan,
 Yana kimdir choh qazar
 Qo`lidagi gul bilan.
Ko`zingni och, ey yo`ldosh,
 Yurak o`tsiz bo`lmasin,
 Kuyga to`ldir dunyoni,
 Odamiylik o`lmasin.
Kuyga to`ldir dunyoni,
 Odamiylik o`lmasin. (x2)
 Odamiylik o`lmasin… {x2}
Читать также 
				Комментарии (0)
				
