Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Oxunjon Madaliyev - Ketgim kelmayapti onajon qo`shiq matni

Oxunjon Madaliyev - Ketgim kelmayapti onajon qo`shiq matni

Shamollar uyg’ondi, barg hayajonda,
Hatto yer ostida qo’zg’aldi ilon.
Dunyo ko’zlarini ochayotganda,
Ketgim kelmayapti, onajon. {x2}

O’ngirlarda kezar muzdek havolar,
Ishqalab qobog’in ko’tarar osmon. (x2)
Mana shu bog’larni ko’rmasdan turib,
Ketgim kelmayapti, onajon. {x2}

Qizlarning ovozi kelyapti munis,
Ishq desam, daftarga sachrab ketdi qon.
Suymasa suymapti bir chiroyli qiz,
Dunyoda qiz kammi, onajon? {x2}

Suymasa suymapti bir chiroyli qiz,
Dunyoda qiz kammi, onajon? {x2}

Begunoh bittadir, u ham osmonda,
Qo’lga chivin qo’ndi – quvmoqqa yo’q jon.
Chivinlar, chumchuqlar yurgan jahonda
Menga joy yo’qmidi, onajon?

Garchand mungli qo’shiqlar aytdim,
Garchand azob ko’rdim mudom bepoyon,
Men hali dunyodan to’ygan yo’q edim,
Dunyo to’ydimikan mendan, onajon? {x2}

Men hali dunyodan to’ygan yo’q edim,
Dunyo to’ydimikan mendan, onajon? {x2}

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]