Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Oxunjon Madaliyev - Ko’nglimda bir yor qo`shiq matni

Oxunjon Madaliyev - Ko’nglimda bir yor qo`shiq matni

Muhabbat bog’iga kirmadim bir bor,
Suygan gulimga qo’l urmadim bir bor.
Endi tunlar yig’lar menga qo’shilib,
Qo’ynimda bir yoru ko’nglimda bir yor. {x2}

Biri birisiga o’xshamas, yora,
Ko’zimning yoshlari to’xtamas, yo Rab.
Kuyarman bir unga, bir bunga qarab,
Qo’ynimda bir yoru ko’nglimda bir yor. {x2}

Birin erkalab nigohim bilan,
Birisin erkalab dudog’im bilan,
Yasharman savobu gunohim bilan, {x2}
Qo’ynimda bir yoru ko’nglimda bir yor. {x2}

Birin hur deyinmu, birin guloyim,
Suymaganim suyganimdan muloyim.
Bu qanday ko’rgilik ekan, Xudoyim, {x2}
Qo’ynimda bir yoru ko’nglimda bir yor. {x2}
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]