Oxunjon Madaliyev - Nasibam qo`shiq matni

Bahor keldi boqqa, gulni yetaklab,
Quyosh chiqdi yer yuziga charaqlab,
Qalb daftarin ochdim ma`yus varaqlab,
Seni izlab nasibam, seni izlab.
Seni izlab nasibam, seni izlab.

Noming nola qilar bag`rimni ezib,
Kelmaysanmi sog`inganimni sezib? (x2)
Ketgim kelur butun yer yuzin kezib,
Seni izlab nasibam, seni izlab.
Seni izlab nasibam, seni izlab.

Ko`zlarimda yosh qalqiydi dengizdek,
Har bir ohim ko`kni qoplar yulduzdek,
Va turibman bu dunyoda yolg`izdek,
Seni izlab nasibam, seni izlab.

Qalb daftarin sen ham ochib qolarsan,
Nomim o`qib, yodinga ham olarsan,
Sevsang o`zing bir kun topib kelarsan,
Meni izlab nasibam, meni izlab.
Meni izlab nasibam, meni izlab.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]