Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Oxunjon Madaliyev - Seni bugun ko’rmasam bo’lmas qo`shiq matni

Oxunjon Madaliyev - Seni bugun ko’rmasam bo’lmas qo`shiq matni

G`amgin yurak, g`amgusor yurak,
Bechorani xo`rlasang bo`lmas. (x2)
Seni bugun ko`rishim kerak,
Seni bugun ko`rmasam bo`lmas. (x2)

Yelkamga yuk tashladi osmon,
Bu azoblar qo`ygaymi omon? (x2)
Tushun, seni sog`indim yomon,
Seni bugun ko`rmasam bo`lmas. (x2)
Seni bugun ko`rmasam bo`lmas.

Balki quyosh kular ertaga,
Ochiladi gullar ertaga. (x2)
Nima bo`lsa, bo`lar ertaga,
Seni bugun ko`rmasam bo`lmas. (x2)
Seni bugun ko`rmasam bo`lmas.

Uzun tunlar bunchalar mahzun,
Mahzun kunlar bunchalar uzun? (x2)
Men ertaga yashashim uchun
Seni bugun ko`rmasam bo`lmas. (x2)

Seni bugun ko`rmasam bo`lmas… (x4)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]