Oxunjon Madaliyev - Yig’ladim qo`shiq matni

Yurakning bir bandi uzilgan kecha,
Asrlar singari cho`zilgan kecha, (x2)
Chimildiq ichida sening o`rningda
O`zga bir kelinchak suzilgan kecha,
Yig`ladim, yig`ladim, yig`ladim
Yig`ladim, yig`ladim, yig`ladim.

Taqdirmu boshimda o`ynagan qamchi,
Sochingmu armonim uchgan arg`amchi,
Chorlagandek bo`lar kimdur olisdan
Nahotki, senmusan o`shal aldamchi,
Bilmadim, bilmadim, bilmadim
Bilmadim, bilmadim, bilmadim.

Boshimni bog`lashdi, bog`landim, jonim,
Qalbimni dog`lashdi, dog`landim, jonim,
Sening huzuringa bormoqchi bo`lib
Necha bor chog`landim, chog`landim, jonim,
Bormadim, bormadim, bormadim
Bormadim, bormadim, bormadim
Bormadim, bormadim, bormadim.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]