Oxunjon Madaliyev - Yolg’izim qo`shiq matni
Qalbimni xayollar maskan etsalar,
Qo`rqinchli shubhalar solsalar g`ulu, (x2)
Nogahon yulduzing so`ndi, desalar,
Yurakda g`alayon boshlasa tuyg`u,
O`kinchdan alamdan sarg`aysa yuzim,
Seni qo`msagayman takror, yolg`izim. (x2)
Do`stlarim mehridan bo`lganimda mast,
Ulkan bog`larida uchganda navo,
Tiyrak nigohimda qorli tog` emas,
O`zbegim g`ururi bo`lganda paydo,
Gulu-chechaklarga burkansa yuzim,
Seni qo`msagayman takror, yolg`izim. (x2)
Hayhot-ki, ul tengsiz ko`zlar sehriga
O`zgalar og`zida to`qilsa ertak,
Qarab to`yolmasdan ko`zlar sehriga
Yorilmoq bo`lganda rashkdan bu yurak,
Bo`g`zimda qolganda oxirgi so`zim,
Seni qo`msagayman so`ng bor, yolg`izim. (x2)
Seni qo`msagayman so`nggi bor, yolg`izim. (x2)
Читать также
Комментарии (0)