Oybek Hamroqulov - Sohibqironim qo`shiq matni

Do`stlar, bir dilbari, joni jahonim bor maning,
Orazi gul, qomati sarviravonim bor maning.
Furqatida ro`zisha bog`u fig`onim bor maning,
Ohkim, oshufta holu, notavonim bor maning,
So`zi ishqida base, dog`i miyonim bor maning.

Har qiyo boqquncha jonimga o`tlarni solar,
Rishtayi jonim uzilar va ki umrim qisqalar.
Toqati sabrim tugab, armon to`lar, ko`nglim qolar,
Ishvalar zoe qilib, andoqki jonimni olar,
Va na zolim dilbari, nomehribonim bor maning.

Jon berarlar ishqida, yuz mak kabi ovvoralar,
Bo`lmamish olamda mandek kimsa, baxti qoralar.
Tig`i hijrondin yuragim bo`ldi yuz ming poralar,
Qon ravon oqdi jigardin, pora bo`lgan yoralar,
Shu`la dardi beqarori, beomonim bor maning.

Yuzina hayron erur ishq ahli bo`lgan jonlar,
Pora-yu shaydo bo`libdur ham anga janonlar.
Olam ahli o`tmiram hamdamdayin farmonlar,
Qul erurlar xizmatinda xonlar, sultonlar,
Xushmag`ar zalmavashe, sohibqironim bor maning.

Pardadin ko`rsatdi yuz olamga ul shohijahon,
Tushdi oshiqlarga yuz ming dod ila ohu-fig`on.
Zulf ochib mandalini oshifta qildi har zamon,
Pardavi husni solib jonlarni kuydirdi ravon,
Bir ajoyib mahliqo, sohibqironim bor mani.

Hay, to yiroq bilmam, nadandir zora hayronliq sanga,
Ne sababdan bo`ldi, bilmam, chashmi giryonlik sanga.
Bilsangki, endi yaqin bu bandi farmonlik sanga,
Dunyoda yetmasmi endi ushbu sultonlik sanga,
Har zamon yodimda hayu jovudonim bor maning.

Do`stlar, bir dilbari, joni jahonim bor maning.

Комментарии (1)
Oybek 25.09.21
Sohibqiron music matni skachat
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]