Oybek va Nigora - Aylanaveradi qo`shiq matni

Yuragidan sevgan inson bilar –
Ishqning dardi bedavo.
Sevgisidan ko`ngling qolsa hamki,
Sog`inchi ketmas aslo.

Menga hadeb ozor berish yo`lini
Ko`p o`ylama, bu oddiy:
Ovozingni bir kun eshitmasam,
Shuning o`zi yetarli.

Aylanaveradi, aylanaveradi,
Ko`ngling o`ylayverar ekan –
Qanday mening hol-ahvolim.
Aylanaveradi, aylanaveradi,
Menga bo`lgan sog`inchlaring
Ko`nglingni qiynayveradi.

Bu shunday sevgimki, tanho vafoli,
U senda yo`q, dilning qalbida yashar.
Bilsayding sevgim qanchalik fidoiy,
U seni faqat o`zi uchun sevib yashar.

Afsus bilmaysan, afsus bilmaysan,
Mag`rur qalbimning qalbida sensan. (x2)

Aylanaveradi, aylanaveradi,
Ko`ngling o`ylayverar ekan –
Qanday mening hol-ahvolim.
Aylanaveradi, aylanaveradi,
Menga bo`lgan sog`inchlaring
Ko`nglingni qiynayveradi.

Bu shunday sevgimki, tanho vafoli,
U senda yo`q, yuragimda yashar.
Bilsayding sevgim qanchalik fidoiy,
U seni faqat o`zi uchun sevib yashar.

Afsus bilmaysan, afsus bilmaysan,
Mag`rur qalbimning qalbida sensan. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]