Oybek va Nigora - Boboyjonim qo`shiq matni

Soqollari silkillaydi yurganda-yey,
Bag`ri-dilim ochiladi ko`rganda-yey.
Qarab turar, qarab turar
Men sochimni o`rganda-yey.

Boboyjonim, jonim, jonim,
Boboyjonim, kishtaka kishtak.
Boboyjonim, kampirjonim,
Boboyjonim.

Hadya qilgan olma po`stin so`yarman-ey,
Olma emas diydoringga to`yarman-ey.
Kundan kunga, kundan kunga
Ko`proq mehr qo`yarman-ey.

Boboyjonim, kishtaka kishtak,
Boboyjonim, jonimni quvdi.
Boboyjonim, kampirjonim,
Boboyjonim.
Boboyjonim, boboyjonim, hey.

Yetmish yashar kampirlarni boshisiz-ey,
Qilpillama juvonlara o`xshisiz-ey.
Hammadanam, hammadanam,
Siz o`zingiz yaxshisiz-ey.

Kampirjonim, momoyjonim,
Momoyjonim, vuyey, vuyey.
Kampirjonim, boboyjonim,
Momoyjonim, vuyey, vuyey.
Kampirjonim, momoyjonim, hey.

Qosh ostida ko`zingiz,
Nima-nima-nima deysiz?
Oshno bo`lgan o`zingiz,
Yana nima-nima deysiz?

Oshnolikka chidolmay,
Nima-nima-nima deysiz?
Tashlab ketgan o`zingiz-o,
Tashlab ketgan yuzingiz.

Oshnolikka chidolmay-ey,
Tashlab ketgan o`zingiz.

Oshiq bo`ldim o`zingga,
Nima-nima-nima deysiz?
Qoshi bilan ko`zingga,
Yana nima-nima deysiz?

Aytolmadim yuzingga,
Nima-nima-nima deysiz?
Insof bersin o`zingga-yey,
Insof bersin o`zingga.

Aytolmadim yuzingga-yey,
Insof bersin o`zingga. (x3)

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Oybek va Nigora - Boboyjonim qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Surxon guruhi - Nima qilasiz qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:06Скачать
Sherali Jo`rayev - Sanamjon qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:01Скачать
Sardor Rahimxon - Nima uchun qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:55Скачать
Oybek va Nigora - Xalq termalaridan qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:52Скачать
Botir Qodirov - Ey dil qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:25Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.