Oybek va Nigora - Habibam qo`shiq matni
Oy nuriga yulduz ilhaq,
 Samolar nedan nohaq?
 Bemador tanda bu yurak,
 Sensiz onlarni sanayman.
Qaytaqol, qiynamagin,
 Bedavoman kun sayin.
 Qandayin sog`inmayin?
 Vaslingni tongda so`rayman.
Ko`rsat ishqingni hamrohim aylab,
 Porlab baxtdan taralsin ziyo.
 O`ylab yod etaman seni qo`msab,
 Kuylab vaslingni yor.
Yorimsan to abad,
 Yonma-yon bo`l faqat.
 Yolg`iz vasling istab,
 Yondim habibam. (x2)
Oy ruhsoringga men shaydo,
 Hasratdan sabrim ado.
 Hijron azobi aro,
 Alamlarim yengolmayman.
Tanho dilga manzursan,
 Ko`zlarimdagi nursan.
 Yuragimga huzursan,
 Sensiz taskin topolmayman.
Ko`rsat ishqingni hamrohim aylab,
 Porlab baxtdan taralsin ziyo.
 O`ylab yod etaman seni qo`msab,
 Kuylab vaslingni yor.
Yorimsan to abad,
 Yonma-yon bo`l faqat.
 Yolg`iz vasling istab,
 Yondim habibam. (x4)

