Oybek va Nigora - Kechir qo`shiq matni

Ko`chalarni kezaman endi seni deb,
Devona qalbim yonar o`zingni deb.
Esar shamol ham, yomg`irlar tomchilar,
Bu tomchilar yuragim parchalar.

Parchalangan yurak, yolg`iz qoldim,
Seni aniq bir umrga yo`qotdim.
Endi yo`qsan ko`z o`ngimda bir umr,
Baxtli qilolmadim, meni kechir.

Kechir, sen meni kechir,
Sen meni kechir,
Hayotim o`zganing qo`lida. (x2)

Soyabon ostida kezar bu ikki qalb,
Bir-birini asrab, baxtini qilib kam.
Ne bo`ldi, birdan turib shamol uchirdi,
Sevgi parchalab, to abad o`chirdi.

Ko`chirdi tanadan yurakni, endi ne bo`lar?
Ne bo`lsa bo`lar, yuraksiz tanadir aniq o`lar.
Baxtimni izlab, uni baxtli qilmasam,
Nega keldim bu hayotga uni kechirolmasam?

Kechir, sen meni kechir,
Sen meni kechir,
Hayotim o`zganing qo`lida. (x4)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]