Oybek va Nigora - Sovchi qo`shiq matni
Oy kechalari yulduzlidir tunlari,
Visol onlari shirindir xayollari.
Bu fasli bahorda o`zgacha navolar,
Qaldirg`ochlar qanotida keltirar xabar.
Baxtli oshiq bo`lishga ulgurmas ekanman,
Bugun eshigingga sovchi qo`ymasam agar.
Qir-adirning nolalari ertayu sahar,
Ohularning kiprigida yetkazdi xabar.
Fayzli xonadon bekasi bo`lar ekanman,
Bugun sovchilarga rozilik bersam agar.
Bugun eshigingga sovchi qo`ymasam agar,
Bugun sovchilarga rozilik bersam agar.
Oy kechalari yulduzlidir tunlari,
Visol onlari, shirindir xayollari.
Meni tanlading yigitlarning sarvari,
Taqdir yo`llari uchrashtirar hammani, hammani.
Yorqin quyosh ikkimizga nurin taratar,
Maftun ko`nglim sadolari samoga yetar.
Mehringdan bahramand bo`lmay qolar ekanman,
Bugun eshigingga sovchi qo`ymasam agar.
Moviy osmonlarda parvoz etar kabutar,
Sevgi maktubini mening qo`limga tutar.
Tole sarafroz yoring bo`lar ekanman,
Bugun sovchilarga rozilik bersam agar.
Bugun eshigingga sovchi qo`ymasam agar,
Bugun sovchilarga rozilik bersam agar.
Oy kechalari yulduzlidir tunlari,
Visol onlari, shirindir xayollari.
Meni tanlading yigitlarning sarvari,
Taqdir yo`llari uchrashtirar hammani, hammani. (x1+x2)