Oyxon Iforzoda - Hayajon qo`shiq matni

Sokin tun bag`riga chorlaydi
Ishq afsunlari,
Yurakda yonadi
Shu damda baxt uchqunlari.

Ko`zlarim qarolmaydi
Endi sening ko`zingga,
Yulduzlar guvoh bo`ldi
Bugun dil izxoringga.

Hayajondaman-ey, yorey-yorey
Sening yoningda.
Negadir hayajondaman-ey, yorey-yorey
Aytgan so`zingdan.

Negadir hayajondaman-ey, yorey-yorey
Sening yoningda.
Negadir hayajondaman-ey, yorey-yorey
Aytgan so`zingdan.
Negadir hayajonda…

Bir qadam bizni ajratar,
Hayajonda titrar lablar,
Hislarim jo`sh urar buncha –
Sevib qoldim menimcha.

Ko`zlarim qarolmaydi
Endi sening ko`zingga,
Yulduzlar kutadi javobim
Dil izxoringga.

Hayajondaman-ey, yorey-yorey
Sening yoningda.
Negadir hayajondaman-ey, yorey-yorey
Aytgan so`zingdan.

Negadir hayajondaman-ey, yorey-yorey
Sening yoningda.
Negadir hayajondaman-ey, yorey-yorey
Aytgan so`zingdan.
Negadir hayajonda…
(Hayajonda, hayajonda…)

Talpinib senga beixtiyor
Tuyg`ularim aylay oshkor,
Go`zal baxtim, muhabbatim
Uchratdim ilk bor.

Hayajondaman-ey, yorey-yorey
Sening yoningda.
Negadir hayajondaman-ey, yorey-yorey
Aytgan so`zingdan.

Negadir hayajondaman-ey, yorey-yorey
Sening yoningda.
Negadir hayajondaman-ey, yorey-yorey
Aytgan so`zingdan.
Negadir hayajonda…

(Hayajonda, hayajonda…)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]