Radius 21 - Drama qo`shiq matni
Mobila qo`limda,
Asta sekin raqamni terdim, (Allo)
Uzoq gudokdan keyin javob eshitdim.
Jimlik kuyini chalardi bir necha soniya,
Bizdan yiroqda edi, uzoqda garmoniya.
Dialogni men ochdim, u esa davom etdi,
Uchrashuv belgiladik,
Ozgina vaqtlar o`tdi.
Tuyg`ular esdan chiqqan,
Yuzma-yuz o`tirdik biz,
O`ylanardik ikkimiz –
Sevgidan qolganmi iz?
Unda yangicha hayot,
O`zgacha bir maniya,
Men bilan Toshkent bo`lsa,
U bilan Ispaniya!
Mening ustimda soddagina mayka,
U-chi` –
Boshidan oyog`igacha
Prado, Rollex, Gucci.
Seni yaxshi tushunaman,
Men bilan nima ko`rding?
Befoyda she`rlarimmi,
Sanoqdagi har bir tiyin,
Jahldagi qichqiriq,
Sevgi izxor… Shu xolos!
Intilib kutganingdan
Olarding doimo oz.
U esa – boshqa dunyo,
Quruq gap gapirmaydi,
Jahlda baqirmaydi,
Pulda maydalashmaydi.
Men kelardim sovg`asiz,
U esa gullar bilan,
Sevgim bilan ko`mardim,
U esa pullar bilan.
Boshingni qotirma, mayli,
O`zi shundoq ham ayon,
Gaplarim yolg`on bo`lsa,
Men ham qilmasdim bayon.
Unda Audi, to`rtinchi,
Yonida valyuta ko`pincha,
O`tmishni esdan chiqar,
Mana endi prestij ham.
Bir kun kelib ko`rasan –
Aslida xato qilding,
Sevgi pulga sotilmas,
Muhabbatni xor qilding.
Baxt degani pulmikan?, –
Deya ikkilanaman,
O`z yo`lingni tanlading-ku,
Men nima qila olaman?
Yo`q unda daryo pullar –
Shivir aytib qo`yasan,
Sevgi qiziqtirmaydi –
Deya javob berasan.
O`ylanib ko`rgin bir bor,
Haliyam imkoni bor…
Sen esa jimlik saqlab,
Birdan solib ketding dod:
Yana shu isterika,
Yana o`sha panika,
Go`yoki sen farishtayu,
Men aybdor bariga! ( haa!)
Qo`lidagi mobili sindi,
Sochilib ketdi tekila,
Ovozing g`azab bosib
Yana o`sha eski gap!
Ko`zlaringga yosh olib
Qara, e`tiborsiz – sen,
Hayotda mazmuning yo`q,
Lazzatsiz – hayot, seni deb!
Nima, hali men aybdormanmi,
Boylikka sen o`ch bo`lsang?
Seni ko`tara olmayman!
“Jim bo`l!”
“Ovozing o`chsin!…”
Tomchilar tushgan ko`zingdan,
G`azab tushmagan yuzimdan,
Birdan tugadi bu drama,
Uyma-uy ketgandi hamma.
Aybsiz – ikkalamiz,
Shunchaki turlimiz biz,
Senga baxt pulda bo`lsa,
Menga edi ikkimiz…