Radius 21 - Dubay qo`shiq matni

Moviy dengiz soxilida otel,
Yonimda mallasoch madmuazel.
Jazirama yoz fasli iyul,
Qo`llarida bir dona atirgul.

Tungi kafe va jonli musiqa,
Har bir xazil, har bir daqiqa,
Yodimda har bir so`z, har bir nigoh,
Biz sen bilan tanishgan oromgoh.

Bor-yo`gi o`n ikki kun atigi,
Bundan ortiq bo`lolmasmiz birga.
Sevgim armon endi bir umrga,
Qarab to`ymadim moviy ko`zlaringga.

Dubay, dubay, dubay, dubay,
Ko`rishmasak mayli, jonim, goodbye,
Только смотри, mani sevgim не забывай. (x2)

Sevgim gunoh, jonim meni kechir,
O`ksinmagin, bir narsa de, gapir.
Axir bola-chaqam bor, kutar xotinim,
Ota-onam, kutmoqda vatanim.

O`tinaman go`zalim iltimos,
Xat yozsang faqat ishxonamga yoz.
Maktubdagi atirlaring
Menga eslatsin moviy ko`zlaring.

Iliq shamol va labingdagi bol,
Sen tomon olib ketadi xayol.
O`z-o`zimga beraman bir savol:
Ko`risharmikanmiz ehtimol?

Dubay, dubay, dubay, dubay,
Ko`rishmasak mayli, jonim, goodbye,
Только смотри, mani sevgim не забывай. (x4)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]