Radius 21 - Tungi kapalak qo`shiq matni

Axloq, uyat, diyonatni yerga uradi,
Haqiqatni sharmandayu-sharmisor aylab,
Ma`sum muhabbatning oppoq peshonasiga
Toshmoq bo`lib toshadi-yu shundoq turadi.
Va muqaddas nikoh ahdu-paymonlarini
Qimorbozning savdosiga aylantiradi.

Siz shundoq bir kirdikorlar qildingizki to,
Bekor bo`lib qoldi butkul va`dayu-vafo.
Shariatning rasm-rusmuni huddi bir ermak,
Qilmishingiz ko`rib hatto qizarar falak.
Ko`k gumbazi sizga boqib xo`mraya boshladi,
Go`yo qora qiyomat kun, go`yaki maxshar.

Yengil tabiat qizlarga ahamiyat berganda
Kayfiyatingingiz doimo a`lo,
Va alambalo, xazil, bajonidil,
Mana sovg`ayu-salom, jonim olaqoling,
Keling bo`laqoling, tez-tez shoshilaqoling,
Gap tagidagi gap, ba`zilarga kayf-safo.
Arzimagan pul, aniqrog`i sariq chaqa,
Hunari shunaqa, qo`lida amal boy,
Avtoritet odam, taniqli oligarx,
O`yinchoq va sohibjamol, bechora qiz uvol,
Or-nomusini yo`qotdi yana bir ayol.

Maishat, zebu-ziynat, uyali aloqa
Oriatga teng kela oladimi shunaqa?
Lash-lush, kiyim kechak, nimaga kerak?
Qani oriat, uyat?
Ahvolinga qaragin, eh qani tarbiya?
Endi ahamiyati yo`q.

Yengil tabiat qizlarga ahamiyat berganda
Kayfiyatingingiz doim a`lo,
Alambalo, alambalo, alambalo-lo-lo.
Yengil tabiat qizlarga ahamiyat berganda-da-da
Kayfiyatingingiz doim a`lo,
Alambalo, alambalo, alambalo-lo-lo.

Qoshi-ko`zi qop-qora, sochi jamalak qiz,
Yengil tabiat, tungi kapalak essiz.
Qoshi-ko`zi qop-qora, sochi jamalak qiz,
Kelajagi yo`q, tungi kapalak essiz. (x2)

Kayfiyatim nega a`lo?
Badanida aroq va boshqacharoq spirtli ichimliklar,
Или nikotin, alkogol, tutunida tuman,
Ortida oila ели-ели ko`rinadi.
Asli tamomila ota-ona ko`zlari qonga to`lib bo`ldi,
Gap-so`z, fisqi-fasod, g`iybat,
Yomonga aylandi qizcha oxir-oqibat.
Maxluq qo`llarida sohibjamol uvol,
Otasi tengi u, kamida ehtimol.
Asli sevgi yosh tanlamasa mayli,
Orasidagi aloqa maishat tufayli, mayli!

Maishat, zebu-ziynat, uyali aloqa
Oriatga teng kela oladimi shunaqa?
Lash-lush, kiyim kechak, nimaga kerak?
Qani oriat, uyat?
Ahvolinga qaragin, eh qani tarbiya?

Yengil tabiat qizlarga ahamiyat berganda
Kayfiyatingingiz doim a`lo,
Alambalo, alambalo, alambalo-lo-lo.
Yengil tabiat qizlarga ahamiyat berganda-da-da
Kayfiyatingingiz doim a`lo,
Alambalo, alambalo, alambalo-lo-lo.

Qoshi-ko`zi qop-qora, sochi jamalak qiz,
Yengil tabiat, tungi kapalak essiz.
Qoshi-ko`zi qop-qora, sochi jamalak qiz,
Kelajagi yo`q, tungi kapalak essiz. (x2)

Sevishlaring ko`proq seni sevilishingdan,
O, farishta yuzli iblis yo`qol ko`zimdan!
Sanab nima qildim sening erkaklaringni,
Allohning o`zi kechirsin qilmishlaringni!

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Radius 21 - Tungi kapalak qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Shahzoda - Qo’llar tepaga qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:27Скачать
Bojalar guruhi - Ro’molim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:16Скачать
Shahboz va Navro`z - Afsuslarda qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:58Скачать
Hosila Rahimova - Opa qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:36Скачать
Radius 21 - Tungi Kapalak128 kbps26-01-2015, 03:42Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.