Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Ravshan Komilov - Muhabbatning birinchisi qo`shiq matni

Ravshan Komilov - Muhabbatning birinchisi qo`shiq matni

Toshga ko`ksim qo`yib yotsam, tosh yonadi,
Daryolarga siring aytsang, to`lg`onadi.
Oqshomda oy guvoh ne-ne oshiqlarga,
Sevgan bo`lsang, sevgisidan kim tonadi?

Oqshomda oy guvoh ne-ne oshiqlarga,
Sevgan bo`lsang, sevgisidan kim tonadi?

Muhabbatning birinchisi yondiradi,
Muhabbatning birinchisi kuydiradi.
Yondiradi, kuydiradi muhabbat,
Muhabbatning birinchisi yondiradi.

O`psa netar, yuvsa ketar, degan bilan,
Taqdir ekan, kuydim, yetar, degan bilan,
Bol totini, bolni totib ko`rgan bilan,
Asal o`rnin bosmas novvot yegan bilan.

Bol totini, bolni totib ko`rgan bilan-ey,
Asal o`rnin bosmas novvot yegan bilan.

Muhabbatning birinchisi yondiradi,
Muhabbatning birinchisi kuydiradi.
Yondiradi, kuydiradi muhabbat,
Muhabbatning birinchisi yondiradi.

Ul yor ketgan allaqachon birov bo`lib,
Balki yoshing o`tgan, soching qirov bo`lib.
Dilda o`sha ishq uchquni bormi, tamom,
Oltmishda ham sevish mumkin olov bo`lib.

Dilda o`sha ishq uchquni bormi, tamom,
Oltmishda ham sevish mumkin olov bo`lib.

Muhabbatning birinchisi yondiradi,
Muhabbatning birinchisi kuydiradi.
Yondiradi, kuydiradi muhabbat,
Muhabbatning birinchisi yondiradi.

Daryosida kechmadim muhabbatning,
Kaftidan bir suv ichmadim muhabbatning.
Eh, bir erkalab, quchmadim muhabbatni,
Muhabbatning birinchisi…
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]