Ravshan Komilov - Nolima qo`shiq matni
Eshitgaymiz, kimlar nolib yurar emish,
Qiz tug`ding, deb ayolga do`q urar emish. (x2)
O`g`ilmi, qiz bermog`i bu taqdirda bor,
Bu dunyoda qancha odam tirnoqqa zor,
Xo`rlayvermang, qiz bolaning uvoli bor.
O`g`lim yo`q, deb noliganlar xato qilur,
Qiz har joyda otasini duo qilur. (x2)
Ba`zi o`g`illardan, do`stim, asrasin-ey,
Oqila qiz bir kun jannat ato qilur.
Bo`ladi-bo`ladi, qizlar kelin bo`ladi,
Yor-yor bilan ketar chog`, yuragingiz yuladi.
Bo`ladi-bo`ladi, qiz mehribon bo`ladi,
Yuragini uzdirib, qiz uzatgan biladi.
Yaxshi niyat – yarti mol, o`ylar qiling,
O`n ikki yosh qizga muchal to`ylar qiling.
Ne azizlar o`g`lim yo`q deb nolishmagan,
Yaxshi kuyov goh o`g`ildan qolishmagan. {x2}
Bo`ladi-bo`ladi, qizlar kelin bo`ladi,
Yor-yor bilan ketar chog`, yuragingiz yuladi.
Bo`ladi-bo`ladi, qiz mehribon bo`ladi,
Yuragini uzdirib, qiz uzatgan biladi.
Dilingizni yorug` qilgan sado bo`lay,
Kuylab-kuylab, dardingizni ado qilay. (x2)
El ichida bugun holis niyat qilay,
Alpomishdek o`g`illarni sizga tilay,
To`yingizda to`y bolani kuylab beray.
Bo`ladi-bo`ladi, qizlar kelin bo`ladi,
Yor-yor bilan ketar chog`, yuragingiz yuladi.
Bo`ladi-bo`ladi, qiz mehribon bo`ladi,
Nolima, ey birodar, nevara o`g`il bo`ladi.