Ravshan Komilov - Ozodani sevaman men qo`shiq matni

Yoshligimdan sevaman men Ozodani,
Suluvlarning sardori – xonzodani.
Yo`latmasman yoniga shabbodani,
Ozodani sevaman men, Ozodani.

Ko`rganmanu ko`rganim ertasidan,
Yuragim qoq bo`lingan o`rtasidan.
Har kuni bir o`taman ko`chasidan,
Ozodani sevaman men, Ozodani.

Har kuni bir o`taman ko`chasidan-ey,
Ozodani sevaman men, Ozodani.

O`taman-da, o`tmasam, bo`lmaydi hech,
O`tmay desam, ko`ngil qurg`ur to`lmaydi hech.
Ko`zim toyib ketaverar – bo`lmaydi hech,
Ozodani sevaman men, Ozodani.

Ko`zim toyib ketaverar – bo`lmaydi hech,
Ozodani sevaman men, Ozodani.

Yigit qirqda qirchillab, g`arq pishadi,
Erta-indin sochimga oq tushadi.
Chin oshiqlar qirq yilda topishadi-ey,
Ozodani sevaman men, Ozodani.

Chin oshiqlar qirq yilda topishadi-ey,
Ozodani sevaman men, Ozodani.

Sevgan edim, hamon u suyukli yor,
Bilagida barmog`imning bir izi bor.
Ozodaning bir o`g`il, bir qizi bor-ey,
Men baribir sevaman Ozodani.

Ozodaning bir o`g`il, bir qizi bor-ey,
Men baribir sevaman Ozodani.

Yoshligimdan sevaman men Ozodani,
Suluvlarning sardori – xonzodani.
Yo`latmasman yoniga shabbodani,
Ozodani sevaman men, Ozodani. {x2}

Men baribir sevaman Ozodani…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]