Ravshan Sobirov - Sen yig’lama qo`shiq matni

Nega bugun jonim sening ko`zlaringda yosh,
Nega bugun ko`rinmaydi chehrangda quyosh?
Nahot qolmadi qalbingda hech qanday quvonch,
Nahot yo`qoldi yurakda sevgiga ishonch?
Nahot shunchalik yovuz bo`lsa bu dunyo,
Nahot bir umr hayot o`tsa bevafo?

Sen o`ylama, sen yig`lama, yuragingni qiynama,
Bu azoblar o`tib ketar, sen ko`z ochib yumguningcha.

Axir hayot hali oldinda, baxting toparsan albatta.

Hali kutar seni jonim quvonchli kunlar,
Sen uchun yonar osmonda baxtli yulduzlar.
Yana uyg`onar qalbingda orzu umidlar,
Yana uyg`onar yurakda o`sha tuygular.
Asli shunchalik yovuz emas bu dunyo,
Aslo bir umr hayot o`tmas bevafo.

Sen o`ylama, sen yig`lama, yuragingni qiynama,
Bu azoblar o`tib ketar, sen ko`z ochib yumguningcha.
Sen o`ylama, sen yig`lama, yuragingni qiynama,
Axir hayot hali oldinda, baxting toparsan albatta.

Asli shunchalik yovuz emas bu dunyo,
Aslo bir umr hayot o`tmas bevafo.

Sen o`ylama, sen yig`lama, yuragingni qiynama,
Bu azoblar o`tib ketar, sen ko`z ochib yumguningcha.
Sen o`ylama, sen yig`lama, yuragingni qiynama,
Axir hayot hali oldinda, baxting toparsan albatta.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]