Ruhshona - Hayot qo`shiq matni

Men yaralganman faqat sen uchun,
Taqdir bizni takror uchratar.
Bu yarim yurak sen bilan butun,
Bir nigohing qalbim yoritar.

Bu nima hayot, seni sevmasam,
Shirin so`zlaring tinglolmasam?
Bu nima hayot, sendan ayrilsam,
Sog`inchingga hech ko`nolmasam?

Biz birga bo`lsak o`zgarar olam,
Maftun etar shirin tuyg`ular.
Sen mening go`yo asrovchi farishtam,
Senla dard ham baxtdek tuyular.

Bu nima hayot, seni sevmasam,
Shirin so`zlaring tinglolmasam?
Bu nima hayot, sendan ayrilsam,
Sog`inchingga hech ko`nolmasam?

Tasavvurimga sig`maydi aslo
Sensizlikda o`tar bir kun ham,
Ko`zga ko`rinmas senla bir xato,
Borligingdan g`ururlanaman.

Bu nima hayot, seni sevmasam,
Shirin so`zlaring tinglolmasam?
Bu nima hayot, sendan ayrilsam,
Sog`inchingga hech ko`nolmasam?

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]