Ruhshona - Vatan qo`shiq matni

Bobolardan meros qolgan nur vatan,
Boyliklarga makon bo`lgan dur vatan,
Quchog`i keng, bag`ri issiq nur vatan,
Tengsizimsan, tuprog`i zar vatanim.

Bir hovuch tuprog`ing surtib yuzimga,
Seni ona dedim qarab o`zimga,
Sendan bo`lak sirim aytaman kimga,
Tengsizimsan, tuprog`i zar vatanim.

Sen gulzorimsan, sen bahorimsan,
Sen osuda borlig`im vatan.
Onaizorim, ko`ngilda borim,
Tengsiz chamanim o`zing vatan.

Har qadamda senga jon fido qilay,
Senga yaxshilikning kamolin ko`ray,
Tinchsan, osudasan, osmoning yorqin,
Madhing qo`shiq qilib tillarda kuylay.

Bag`ring go`zal, misoli jannatdir go`yo,
Farovon hayoting himmatdir go`yo,
Senga tan bermoqda hatto bu dunyo,
Tengsizimsan, tuprog`i zar vatanim.

Sen gulzorimsan, sen bahorimsan,
Sen osuda borlig`im vatan.
Onaizorim, ko`ngilda borim,
Tengsiz chamanim o`zing vatan. (x2)
Borimsan Vatan!

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]