Ruhshona - Yuragim qo`shiq matni

Zorlanib boqib, yuragim yoqib
Qo`ygansan, yonimda – yana sen.
Qalbim ichra yagona yolg`izim
O`zingsan, yorim, yorim mening.

O`zimga yana termulib nelarni
O`ylaysan, xayolda – yana sen.
Sog`inarman, parvonayam bo`lganim
O`zingsan, jonim, jonim mening.

Sevgimsan, baxtimsan,
Xayolimsan tanho.
Sen bilan
Go`zal dunyo.

Yorim, yuragim, doim keragim
Bo`lgin sen.
Hayotim – o`zing, yolg`iz tilagim
Bo`lgin sen. (x2)

Yonimga kelib, quvonchim bo`lib
Qolgansan, sen uchun mana men.
Osmon uzra bir dona yulduzing
Bo`laman, zorim, zorim mening.

Yo`limda yana vaslimga intizor
Bo`lasan, qalbingda yana men.
Yoritaman tunlar bedorliging,
Bilaman, borim, borim mening.

Sevgimsan, baxtimsan,
Xayolimsan tanho.
Sen bilan
Go`zal dunyo.

Yorim, yuragim, doim keragim
Bo`lgin sen.
Hayotim – o`zing, yolg`iz tilagim
Bo`lgin sen. (x2)

Sevgimsan, baxtimsan,
Xayolimsan tanho.
Sen bilan
Go`zal dunyo.

Yorim, yuragim, doim keragim
Bo`lgin sen.
Hayotim – o`zing, yolg`iz tilagim
Bo`lgin sen. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]