Ruhshona - Zamonaviy sovchilar qo`shiq matni
Sevgimizni aytolmay, hech bir so’z so’zlolmay,
 Orzuga berilmaylik.
 Ko’zimizning qarosi, hayotimiz ma`nosi –
 Sevgimizni biz asraylik.
Biz birga bo’laylik, yolg’on gapirmaylik,
 Muhabbatimiz uchun.
 Farhod-Shirin kabi, Layli-Majnun kabi
 Muhabbatimiz bo’lsin.
Zamonaviy sovchilar uyimizga har kun kelar,
 Yurak urar duk-duk, soat o’tar tuk-tuk,
 Hamma o’z baxtini izlar. (x2)
So’rashadi choy-poy, deyishadi voy-voy,
 Bu zamonning sovchilari.
 Qilishadi ko’z-ko’z, muloyim, shirin so’z,
 Yuragimning ovchilari.
Hali-hali ancha, rozilik olguncha
 Ostonamiz hech tinmas.
 Shundan sevmay turib, dardim sezmay turib,
 Qalbim egasi bo’lmas.
Zamonaviy sovchilar uyimizga har kun kelar,
 Yurak urar duk-duk, soat o’tar tuk-tuk,
 Hamma o’z baxtini izlar. (x2)
Читать также 
				Комментарии (0)
				
