Saida - Chittigul qo`shiq matni

Yoring bo`larman deb,
Senga yetarman deb,
Baxtimni izlab, seni ko`zlab keldim.
Layli, Zuhro, Shirinman,
Ishqingda asiringman,
Izlab seni Qo`qon shamoliday yeldim.

Qoshda o`sma, ko`zda surma,
Ko`ylak kiydim tagi burma,
Gapni boshqa yoqqa burma, suydirma.
Bo`lma manga beparvo,
O`zingsan dardga davo,
Muammo bo`lma, balo, kuydirma.

Hay-yu chittigul,
Ishqingda yondim butkul.
Voy-dod, omon yor,
Kuydirmagin yomon yor. (x2)

(Voy-voy, chittigul… (x2))

Qayoqlarga ketding, jon,
Buxoromi, Andijon?
Mayli kutay Farg`onada tong otguncha.
Uyda qiynaydi firoq,
Izlaganim yaxshiroq,
Manga bir boq, boshqalarga qosh qoqquncha.

Qoshda o`sma, ko`zda surma,
Ko`ylak kiydim tagi burma,
Gapni boshqa yoqqa burma, suydirma.
Bo`lma manga beparvo,
O`zingsan dardga davo,
Muammo bo`lma, balo, kuydirma.

Hay-yu chittigul,
Ishqingda yondim butkul.
Voy-dod, omon yor,
Kuydirmagin omon yor.

Hay-yu chittigul,
Ishqingda yondim butkul.
Voy-dod, omon yor,
Kuydirmagin yomon yor.

(Voy-voy, chittigul… (x2))

Qoshda o`sma, ko`zda surma,
Ko`ylak kiydim tagi burma,
Gapni boshqa yoqqa burma, suydirma.
Bo`lma manga beparvo,
O`zingsan dardga davo,
Muammo bo`lma, balo, kuydirma.

Hay-yu chittigul,
Ishqingda yondim butkul.
Voy-dod, omon yor,
Kuydirmagin omon yor.

Hay-yu chittigul,
Ishqingda yondim butkul.
Voy-dod, omon yor,
Kuydirmagin yomon yor.

(Voy-voy, chittigul… (x2))

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]