Saida - Shukur qo`shiq matni

Qaylardadir o’tda yonar jon,
Qaylardadir avjida to’fon,
Shukr aylay o’zingga Tangrim,
Yurtim tinchdir, elim ham omon. (x2)

Qarili uy – parili degan,
Yoshlarini avaylab sevgan,
Ming yillarkim karvoni kelgan,
Yurtim tinchdir, elim ham omon. {x2}

Osmonlarga tutash tog’lari,
Bevaqt xazon ko’rmas bog’lari,
To’y-hashamda o’tar chog’lari,
Yurtim tinchdir, elim ham omon. {x2}

Oshiq dillarda, ko’ngillarda baxt,
Bolalarning chug’urida baxt,
Xotirjamlik huzurida baxt,
Yurtim tinchdir, elim ham omon.
Elim ham omon.

Xalqim mehri yashnar jonimda,
Alpomishlar qoni qonimda,
Baxtlidirman har bir onimda,
Yurtim tinchdir, elim ham omon. {x2}
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]