Samandar Hamroqulov - Bevafo yorim qo`shiq matni

Husniga oshufta dil,
Ko`ngil uchun holing na deb so`rsa qani.
Shakkari, ol lablari,
Shu lablarimga ittifoq bo`lsa qani.

Jon misol kelsa agar,
Cho`lu biyobonim bo`lur Bog`i Eram.
Kel desam, yor nozlanib,
Jilmayibon yo`q degani alam.

Bevafo yorim, bedavo yorim,
Bo`lsaydi yolg`iz o`zi peshonamda borim. (x2)

Sog`inib borsam agar,
Jonim kuyar qaro ko`ziga.
Bo`ylarim yetmadimi yor,
Atirgulcha bo`ylariga?

Axtarib borgum o`shal,
Janon uchun savdoyiman ishqda mudom.
Sadqa jon shu yorginam,
Choy uzatib, aylasa bir xirom.

Bevafo yorim, bedavo yorim,
Bo`lsaydi yolg`iz o`zi peshonamda borim. (x2)

Qadrimni bilmas shu oromijon,
Berahm yor dili toshmi chunon?
Netkayman tutmasam qo`llaridan,
Ketolmay firoqman yo`llaridan.

Axtarib borgum o`shal,
Janon uchun savdoyiman ishqda mudom.

Bevafo yorim, bedavo yorim,
Bo`lsaydi yolg`iz o`zi peshonamda borim. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]