Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Samandar Hamroqulov - Chegarachi o’g’lonlar qo`shiq matni

Samandar Hamroqulov - Chegarachi o’g’lonlar qo`shiq matni

Mardlari bor elning ko’ngli to’q,
Mardlari bor yurtda xatar yo’q.
Ko’ksi tog’dir, aytgan so’zi o’q,
Sarhadimiz sarlochinlari, (x2)
Vatan uchun fido jonlari.

Qo’rg’onimiz qalqonlari,
Tinchligimiz posbonlari,
Bo’ling omon, ona yurtning
Chegarachi o’glonlari. (x2)

Sizlar borsiz – tinchlik muqarrar,
Tun osuda, tonglar munavvar.
Bo’lib sharaf-shonga muyassar,
Yashang, botir pahlavonlari.

Qorachiqday asrang Vatanni,
Shu diyorni, jannatmakonni.
Shukr, berdi sizday o’g’lonni,
Azim elning qahramonlari,
Vatan uchun fido jonlari.

Qo’rg’onimiz qalqonlari,
Tinchligimiz posbonlari,
Bo’ling omon, ona yurtning
Chegarachi o’glonlari. (x2+x2)
Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]