Samandar Hamroqulov - Choyimning shakari qo`shiq matni
Bo`larim bo`ldi, jonim,
Falakka yetdi ohim,
Ta`riflab bo`lmas holim,
Tingla, qarog`im.
U tarafda o`tar umrim,
Kerakdan ortar ishqim,
Qo`limdan kelmas korim,
Sensiz ardog`im.
Hey, mohitabonim,
Yurakdan ketma imkonim,
Kel, juftimga aylan,
Tinchimni topay.
Hey, jahli farmonim,
Badandagi darmonim,
Kel, taxtimga aylan,
Davrimni suray.
Hey yigit, naqding qayda?
Kuyarim ko`p bu kuyda.
Bo`ladi peshonada bori,
Boraman, qo`yaman nuqta.
Xayolimni jamlolmayman,
Ovozimni ayamayman,
Olamdan berkitmayman
Sevishimni, yor.
Sen shu kunning mazmuni,
Choyimning shakari,
Totgan taomimning shirin ta`mi.
Bilganingdami, bu dunyoning bori,
Sen bilan birga go`zal, jonim.
Читать также
Комментарии (0)