Samandar Hamroqulov - Kelinchak qo`shiq matni

Soy bo`yida o`tirar yuzlari xomush,
Ko`zlari chiroyli, nigohi ma`yus.
Bo`ldi ko`p o`ksima, bo`lma umidsiz,
Seni o`zga bir xonadonga uzatamiz.

Endi tong saharlar atlas libos egningda yonar, kelinchak,
Mahalla-ko`y yangi kelin deb seni erkalar, kelinchak.
Uzun-uzun zulfingday baxting ziyoda bo`lsin,
Yangi uyda salom-salom, shirin kalom, kelinchak. (x2)

Urfu-odatu udumlar, bordi-keldilar,
Shirmoy patir, qatlamalar, tog`ora-tugunlar.
Mana senga, ko`r sen kutgan o`sha kunlar,
Hasan-Husan, Fotima-Zuhra bolali bo`lgin, kelinchak.

Tong saharlar atlas libos egningda yonar, kelinchak,
Mahalla-ko`y yangi kelin deb seni erkalar, kelinchak.
Uzun-uzun zulfingday baxting ziyoda bo`lsin,
Yangi uyda salom-salom, shirin kalom, kelinchak.

Yor-yoray, yor-yoray, shirin-shakar, qandu asal
Bolali bo`lgin , kelinchak.

Endi tong saharlar atlas libos egningda yonar, kelinchak,
Mahalla-ko`y yangi kelin deb seni erkalar, kelinchak.
Uzun-uzun zulfingday baxting ziyoda bo`lsin,
Yangi uyda salom-salom, shirin kalom, kelinchak. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]