Samandar Hamroqulov - Sevgi fazosi qo`shiq matni
Muhabbat yaprog`in uzganing rostmi?
Chechak ochilsin deb kutganing rostmi?
Sevgi gulshanida bir lola bo`lib,
Bulbulning mehrini tutganing rostmi?
Tog`lardek matonat tilayman senga,
Daryodek jo`shqin bo`l sevgi bobida.
Va`dangga vafoli bo`lsang sen uchun
Sahifa ochilur baxt kitobida.
Sevgi fazosinda uchganlar ko`pdir,
Xayolda yulduzni quchganlar ko`pdir,
Ha, quchganlar ko`pdir.
Qayg`udan yiroq yur mening oqqushim,
Yuzingga yuqtirma qaroni aslo.
Libosing misoli qalbing oq bo`lsin,
Sevging chin, pok bo`lsin, ey aqli raso.
Tog`lardek matonat tilayman senga,
Daryodek jo`shqin bo`l sevgi bobida.
Va`dangga vafoli bo`lsang sen uchun
Sahifa ochilur baxt kitobida.
Sevgi fazosinda uchganlar ko`pdir,
Xayolda yulduzni quchganlar ko`pdir,
Ha, quchganlar ko`pdir.
Hattoki dengizning tubiga sho`ng`ib,
Aslida vafodan qochganlar ko`pdir,
Ha, qochganlar ko`pdir. (x2)