San`at guruhi - Hayot qo`shiq matni
Fursatlar o`tadi, sezilmas go`yo,
 Ko`p qonlar, nechundir bilinmas ro`yo,
 Oqib ketaverar daryo-yu dunyo.
Savob izlagan bor, qilib ibodat,
 Kimlardir quradi qasru-imorat,
 To`kinlik istaydi asli sahovat.
Hayot esa mudom etadi davom,
 Bahor gullar sochar, sizga ehtirom.
 Yaxshidan hamisha qolar yaxshi nom,
 Hayot esa mudom etadi davom.
Halollar bilingay nasib zotidan,
 Kechganlar bo`lmasa e`tiqodidan,
 Komillar chiqmagay elning yodidan.
Fursatlar o`tadi, sezilmas go`yo,
 Ko`p qonlar, nechundir bilinmas ro`yo,
 Oqib ketaverar daryo-yu dunyo.
Hayot esa mudom etadi davom,
 Bahor gullar sochar, sizga ehtirom.
 Yaxshidan hamisha qolar yaxshi nom,
 Hayot esa mudom etadi davom. (x2)
Читать также 
				Комментарии (0)
				
