San`at guruhi - Ona diyor qo`shiq matni

Bu diyor ayvonlari nurga talosh,
Bu dunyoning kayvonasi oyu quyosh,
Vatan desam, men ko`zimda yosh,
Ko`zga surtay nonlarini.

Tiriklikning taqdirlari,
Bu hayotning bor hikmatlari,
Ey, onamning tuproq tandirlari,
Istasangiz jonlarini.

Kim Vatanni zar to`niga yeng etmishdir,
Kim bag`rini osmonlarday keng etmishdir?
Yaratganning o`zi bugun teng etmishdir,
Asrlarga onlarini, onlarini.

Bir suvoriy kelganda Boburmi yo?
Armonlarin yo`llarda so`rsin dunyo.
Ko`rib keldi, so`ng ko`rsin dunyo
Sultonlarini, xonlarini.

Bu diyor ayvonlari nurga talosh,
Bu dunyoning kayvonisi oyu quyosh,
Vatan desam, men ko`zimda yosh,
Ko`zga surtay nonlarini.

Kim Vatanni zar to`niga yeng etmishdir,
Kim bag`rini osmonlarday keng etmishdir?
Yaratganning o`zi bugun teng etmishdir,
Asrlarga onlarini, onlarini. (x4)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]