San`at guruhi - Xo’ja Nasriddin qo`shiq matni

Tom boshida tog`ora,
Tog`orada zog`ora.
Zog`orani yopolmay, dod-ay,
Cholu kampir ovora.

Zog`orani yopolmay, dod-ay,
Cholu kampir ovora.

Yorim ana kelmoqda,
Tashlab ohista qadam.
Agar menga boqmasa, dod-a,
Rosa qiladi alam.

Agar menga boqmasa, dod-a,
Rosa qiladi alam.

Yorim ketoman deydi-yo,
Ketgizgani qo`ymayman. (x2)
Yo`llariga tushvolib, dod-ay,
O`tkizgani qo`ymayman.

Yo`llariga chim bosib, dod-ay,
O`tkizgani qo`ymayman.

Ketsang ketaver yorim,
Ketsang nima parvoyim?
Bu jonim omon bo`lsa, dod-ay,
Yana bitta sevgonim.

Bu jonim omon bo`lsa, dod-ay,
Yana bitta sevgonim.

Yorim ketoman deydi-yo,
Ketgizgani qo`ymayman. (x2)
Yo`llariga tushvolib, dod-ay,
O`tkizgani qo`ymayman.

Yo`llariga chim bosib, dod-ay,
O`tkizgani qo`ymayman.

Yorimning ko`ngli nozik,
Bunga to`g`ri yo`l topay.
Sevgimni izhor aylab, dod-a,
Yor qalbini shod etay.

Sevgimni izhor aylab, dod-a,
Yor qalbini shod etay.

Yorim ketoman deydi-yo… (x2)
Yo`llariga tushvolib, dod-ay,
O`tkizgani qo`ymayman.
Yo`llariga chim bosib, dod-ay,
O`tkizgani qo`ymayman.

Tom boshida tog`ora,
Tog`orada zog`ora.
Zog`orani yopolmay, dod-ay,
Cholu kampir ovora.

Zog`orani yopolmay, dod-ay,
Cholu kampir ovora.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]