Скачать музыку и клип бесплатно » Текст песни (Qo'shiq matni) » Sarbon guruhi - Qaylarda ko’rganman sani qo`shiq matni

Sarbon guruhi - Qaylarda ko’rganman sani qo`shiq matni

Kulgan ko`zu chehrang bilan
Jodulading, dilbar mani, (x2)
Aytgin, tanishdaysan o`zing,
Qaylarda ko`rganman sani? (x2)

Ko`pdan beri jon o`tdadur,
Kuygan dilim qon o`tdadur, (x2)
Orzuyu armon o`tdadur,
Qaylarda ko`rganman sani? (x2)

Bir bor ko`rishga zor edim,
Topmay o`zing nochor edim, (x2)
Ishqing bilan bemor edim,
Qaylarda ko`rganman sani? (x2)

Jooon.
Aytgil qilib janonalik,
Ko`rsam bosar hayronalik, (x2)
Qilma manga begonalik,
Qaylarda ko`rganman sani? (x2)

Solsang yiroqdan sho`x nazar,
Bog`lab ko`ngil jon bol o`par, (x2)
Tushgay yodingga har safar,
Qaylarda ko`rganman sani? (x2)

Qaylarda ko`rganman sani? (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]