Sarbon guruhi - Qizmi bu kiyikmi bu qo`shiq matni
Kuy chalar yurakmi bu,
Sevgidan darakmi bu? (x2)
Yor kelar malakmi bu,
Qizmi bu, kiyikmi bu? (x2)
Qoshlari misli kamon,
Ko`zlari izlar qurbon,
Yetolmay dilda armon,
Qizmi bu, kiyikmi bu? (x2)
Husniga to`yolmaysan,
Umiding uzolmaysan,
Yoniga borolmaysan,
Qizmi bu, kiyikmi bu?
Yonidan o`tolmaysan,
To`r tashlab tutolmaysan,
Quvlama, yetolmaysan,
Qizmi bu, kiyikmi bu?
Qoshlari misli kamon,
Ko`zlari izlar qurbon,
Yetolmay dilda armon,
Qizmi bu, kiyikmi bu? (x2)
Sira gapga kirmaydi-ey,
Jonga rahm qilmaydi-ey,
Hecham avrab bo`lmaydi-ey,
Qizmi bu, kiyikmi bu?
Xayolingdan ketmaydi-ey,
Cho`zsang, qo`ling yetmaydi-ey,
Chaqirsang, xech kelmaydi-ey,
Qizmi bu, kiyikmi bu?
Qoshlari misli kamon,
Ko`zlari izlar qurbon,
Yetolmay dilda armon,
Qizmi bu, kiyikmi bu? (x2)
Yoshlik – beboshlikmi bu?
Sevgidan darakmi bu?
Beboshlik, sho`xlikmi bu?
Qizmi bu, kiyikmi bu?