Sarbon guruhi - Tong shamoli qo`shiq matni

Man bo`lsam tongning shamoli,
Kulsa janon uyquda. (x2)
Silasam gul sochlarini
Sezsa shul on uyquda. (x2)

Man bo`lsam tongning shamoli,
Kulsa janon uyquda…

Xudoga yolvordim bu kech,
Yetarmikan so`zlarim. (x2)
Ko`rmadim bunday go`zal hech,
Olg`usi jon uyquda. (x2)

Dunyoni izlab kezarman,
Go`yo oy quchog`ida,
Qachon baxtimni toparman,
Go`yo armon uyquda.

Tinglamas aqlimni yurak,
Kuylar yorning dardini. (x2)
Tushiga kirdimmi yo,
Dilbarijon uyquda. (x2)

Man bo`lsam tongning shamoli,
Kulsa janon uyquda.
Silasam gul sochlarini
Sezsa shul on uyquda.

Man bo`lsam tongning shamoli…

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]