Sardor Mamadaliyev - Dil yarasi qo`shiq matni

Totganim bol, asalmas ekan,
Sensiz dunyo go’zalmas ekan.
Ilk sevgidan qolgan xotira,
Dil yarasi tuzalmas ekan. (x2)

Ishq cho’lida yolg’iz qoldirib,
Armon chashmasiga qondirib,
Jismu jonim o’tda yondirib,
Dil yarasi tuzalmas ekan.

Ishq cho’lida yolg’iz qoldirib,
Armon chashmasiga qondirib,
Jismu jonimni yondirib,
Dil yarasi tuzalmas ekan.

Sensiz dunyo, sensiz dunyo,
Sensiz dunyo go’zalmas ekan.
Dil yarasi, dil yarasi,
Dil yarasi tuzalmas ekan. (x2)

Bir bor yo’qlab savob qilmasang,
Gunohimiz ortar kelmasang.
O’zing bilib, davo qilmasang,
Dil yarasi tuzalmas ekan. (x2)

Sochlaringni ko’zimga surtib,
Yuragimning oynasin artib,
Hayotimga bermasang tartib,
Ko’ngil dardim tuzalmas ekan. (x2)

Sensiz dunyo, sensiz dunyo,
Sensiz dunyo go’zalmas ekan.
Dil yarasi, dil yarasi,
Dil yarasi tuzalmas ekan. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]