Sardor Mamadaliyev - Do’st topmadim qo`shiq matni
Bu dunyoda sodiq bir do`st topolmadim,
 Bu dunyoning nayrangiga chidolmadim.
 Kimga yoqdim, kimning ko`nglin ololmadim,
 Otamdayin, otamdayin do`st topmadim, birodarlar,
 Onamdayin bir mehribon topolmadim, birodarlar.
Mol-dunyoning oshnolari ko`p,
 Bir yigit umrining shaydolari ko`p.
 Yosh boshimning buncha g`avg`olari ko`p,
 Otamdayin, otamdayin do`st topmadim, birodarlar,
 Onamdayin bir mehribon topolmadim, birodarlar.
Nainki dunyoda o`ksib yashayman,
 Fisqu-fasodlardan bezib yashayman.
 Lek otam duosin olib yashayman,
 Otamdayin do`st topmadim, birodarlar,
 Onamdayin do`st topmadim, birodarlar.
Valene`matimning erka og`liman,
 Yaratgan Egamga sodiq g`ulomman.
 Bir kuni el ichra qadr toparman,
 Lek otamday do`st topmadim, birodarlar,
 Onamdayin do`st topmadim, birodarlar.
Hey, otamdayin do`st topmadim, birodarlar.

