Sardor Mamadaliyev - Lazgi qo`shiq matni

Xorazmning orazi, hamma yorning yorasi,
Bedavoning chorasi lazgi-lazgi, lazgi.
Ko`ngil dahosi lazgi, o`lmas baqosi lazgi, omon-ay.

Komiljonning rahbari, Og`abekning javhari,
Olmaxonning gavhari lazgi-lazgi, lazgi.
Ortiq jahoni lazgi, oromijon lazgi, omon-ay.

Xorazmning orazi, hamma yorning yorasi,
Bedavoning chorasi lazgi-lazgi, lazgi.
Ko`ngil dahosi lazgi, o`lmas baqosi lazgi,
Lazgi, lazgi, lazgi, o`lmas baqosi lazgi.

Dunyo so`rab omonliq, nola qilsa quvondiq,
Feruzasi jon olib, jon beradi qurbonliq.
Qurbon o`g`li rahmati, Otajonning ulfati,
San`atining zar xati, lazgi-lazgi, lazgi.

Hulkar oposi lazgi, Azizaxoni lazgi,
Lazgi, lazgi, lazgi, o`lmas baqosi lazgi.

Galmaganni galdirur, yonmaganni yondirur, {x2}
Kulmaganni kuldirur, kulmaganni kuldirur.

Lazgi, lazgi, lazgi, shoir safosi lazgi, hofiz navosi lazgi,
Lazgi, lazgi, lazgi, o`lmas baqosi lazgi.

O`ynamasang o`ynoliq, o`ynasangiz yor olib, {x2}
Nolasi sho`x safoliq, nolasi sho`x safoliq.

Lazgi, lazgi, lazgi, amma, xolasi lazgi,
Mumtoz anosi lazgi.
Lazgi, lazgi, lazgi, ofatijoni lazgi,
Lazgi, lazgi, lazgi, malham, shifosi lazgi, omon.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]