Sardor Mamadaliyev - Raqamlar qo`shiq matni
Raqamlar bir kuni jam bo`ldi,
Birdan tortib to`qqizga qadar.
Eng birinchi bo`lib bir keldi,
Eng so`nggida to`qqiz darbadar.
Nolni taklif qilmadilar ham,
Uni raqam bilmadilar ham.
Maqtandilar rosa o`zaro,
Kelib chiqdi oxir mojaro.
Bir raqamlar boshiman, derdi,
To`qqiz zo`rdek ko`ksini kerdi.
Yetti esa sirliman, dedi,
Olti undan qolishmas edi.
Sakkiz, besh, to`rt, ikki hamda uch,
Maqtandilar ne so`z bo`lsa duch.
Xullas kalom, eng kichik bo`lib,
Ikkidan ham teng kichik bo`lib,
Bir sharmanda sharmisor bo`ldi,
Barcha raqam ustidan kuldi.
Shu payt nogoh nol kelib qoldi,
Bir uni shart yoniga oldi.
Shu yo`l bilan o`nga aylandi,
Va ayovsiz jangga shaylandi.
Hamma nolni yoniga tortdi,
Uning qadri, qimmati ortdi.
To`qqiz mahkam ushladi nolni –
To`qson bo`ldi, ko`ring bu holni.
Shunday qilib, nol talash bo`ldi,
Raqamlarga qiymat bosh bo`ldi.
Shoyad manzur sizga bu qissa,
Ushbu erur qissadan hissa:
Kamsitmang hech cho`pni, xasni ham,
Toshu kesak, baland, pastni ham.
Yetti emas, ming o`ylab so`ng deng,
Nol bo`lmasa, ming ham birga teng.