Sardor Mamadaliyev - Ro’mol qo`shiq matni

Tushib qolsin yo`llarida shoyi ro`moli-ey,
Topib olib, bog`lab qo`yay yo`llarimizni.
Tushib qolsin boshlaridan shoyi ro`moli-ey,
Topib olib, bog`lab qo`yay yo`llarimizni.

Siz yo`qsiz yonimda, yo`qdir madorim-ey,
Xudo, bitta qil tezroq yo`llarimizni. (x2)

Shoyi, shoyi ro`mol yarashadi boshingizga,
O`sma qo`ysangiz holim yomon bo`lar, jonim, qoshingizga. (x2)

Kel endi, kezaylik ishq bog`larini,
Yoshlikning sururbaxsh xush chog`larini.
Kel endi, kezaylik ishq bog`larini-ey,
Yoshlikning sururbaxsh xush chog`larini.

Kel ey, mohi paykar, kel ey, zilolim-ey,
Ko`ngildan yuvaylik ishq dog`larini.
Kel endi, rozi bo`l, birga bo`laylik-ey,
Kezaylik biz sevgimiz bog`larini.

Shoyi, shoyi ro`mol yarashadi boshingizga,
O`sma qo`ysangiz holim yomon bo`lar, jonim, qoshingizga.
Shoyi, shoyi ro`mol yarashadi boshingizga,
O`sma qo`ysangiz holim yomon bo`lar, jonim, qoshingizga. {x2}

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]