Sardor Mamadaliyev - Yiqilsang qo`shiq matni

Qadamingdan xato gumonlaydilar,
Uchragan kimsaga yomonlaydilar.
Senga omad kelsa tutarlar motam,
Yiqilsang, bayramdek nishonlaydilar.

Kerak bo’lsang darrov toparlar, lekin
Ishing tushsa, bir-bir qocharlar sekin.
Kerak bo’lsang darrov toparlar lekin,
Ishing tushsa bormi, qocharlar sekin.

Yelkangga or tushib g’iybatlar yukin,
Yiqilsang, bayramdek nishonlaydilar. {x2}

Odamlar, odamlar ne bo’ldi sizga,
Qalbingiz bunchalar to’lmoqda muzga.
Tashvishingiz yo’qmi hasaddan o’zga?
Yiqilsang bayramdek nishonlaydilar. {x2}

Pul nima? Pul qo’lning kiri, deydilar,
Pul uchun bir-birin go’shtin yeydilar.
Oyog’ingdan chalmay yasholmaydilar,
Yiqilsang bayramdek nishonlaydilar. {x2}

Bir eslab qo’ymaslar yo’limga zor deb,
Ahad Qayum degan bir shoir bor deb.
Bir eslab qo’ymaslar yo’limga zor deb,
Sardordek qadrdon bir do’stim bor deb.

Mening davrim keldi, bizning bozor deb,
Yiqilsang bayramdek nishonlaydilar.
Yiqilsang bayramdek nishonlaydilar.
Ey, yiqilsang bayramdek nishonlaydilar.

скачать mp3 2016фильмы бесплатно








Здесь можно скачать бесплатно песню Sardor Mamadaliyev - Yiqilsang qo`shiq matni и другие песни

Похожие песни и клип

Название и исполнительБитрейтДатаСкачать
Tohir Sodiqov - Sog’indimku seni qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:30Скачать
Rayhon - Baka bang qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 22:22Скачать
Sardor Rahimxon - Do’st qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:55Скачать
Nasiba Abdullaeva - Ota qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:46Скачать
Botir Qodirov - Ey do’stim qo`shiq matni128 kbps20-10-2016, 21:25Скачать

Набирающие популярность

Здесь вы можете скачать mp3 Узбекские музыку бесплатно.