Sardor Rahimxon - Do’st qo`shiq matni
Avvalo hech kimsaning boshiga ish tushmasin,
Ish tushsa gar boshiga, chin do`stlari qochmasin.
Qochsalar chin do`stlari yana bag`rin ochmasin,
Do`stning do`st ekanligin ishing tushsa bilarsan.
Chin do`stlar yo`g`ingda do`st, yiqilgan chog`ingda do`st,
Bemor bo`lsang holingdan xabar olsa shunda do`st.
Do`stim yo`q deb kuyinma, izlama hech urinma,
Xudo bersa dastingga bosgan qadamingda do`st.
Davlatingning borida yurar gaping ma`qullab,
Yoningda hamroh bo`lar, xato qilishing poylab.
Gar qoqilsang yo`lingda, kelmaydi bir bor yo`qlab,
Do`stning do`st ekanligin ishing tushsa bilarsan.
Unday do`stlar shuhrating uzoqdan payqaydilar,
Sovg`a-salomlar olib, har kuni yo`qlaydilar.
Ishonma hech ularga, ular do`st bo`lmaydilar,
Do`stning do`st ekanligin ishing tushsa bilarsan.
Chin do`stlar yo`g`ingda do`st, yiqilgan chog`ingda do`st,
Bemor bo`lsang holingdan xabar olsa shunda do`st.
Do`stim yo`q deb kuyinma, izlama hech urinma,
Xudo bersa dastingga bosgan qadamingda do`st.
Ketganida omading yaqin do`stlaring ketar,
Yonma-yon bo`lib qolsang, o`zin begona tutar.
O`ksimagin, ey dilim, ular shundayin o`tar,
Do`stning do`st ekanligin ishing tushsa bilarsan.
Aslida bilsang agar, yagona do`st – Alloh do`st,
Yana ota-onang do`st, akang do`stdir, ukang do`st.
Opang, singling, chin yoring, sevgan farzandlaring do`st,