Sardor Rahimxon - Eyforiya qo`shiq matni

Bir umr endi ketma, bo`l dilimda vujudimda,
Naqadar yoqimlisan, Eyforiya.
Tunu-kun dam-badam ur, yuragimda aylan,
Qon bo`lib yur vujudimda, ey, ey, Eyforiya.

Halovatim olu mayli bedor et ezgu sevgi yo`lida,
(Ezgu-ezgu, ezgu sevgi yo`lida).
O`taman ne-ne hasratdan, umidim so`ndirma,
Hayotim o`zing to`ldir muhabbatga.

Ko`zlarimda yonar, Eyforiya olov,
Xayolimda aylanar, Eyforiya nur.
Ko`zlarimda yonar, Eyforiya olov,
Eyforiya nur, Eyforiya olov.

Kunlarim ma`nosiz, hayotim zerikarlidir,
Obi hayotim, yillar kutgan najotim,
Qorday erib ketma, yonimda bo`l.

Yurakdan tiladim, yolg`on tuyg`u bo`lma,
Tandagi jonimsan, oromimsan.
Yurakdan tiladim, yolg`on orzu bo`lma,
Tandagi ruhimsan, hayotimsan.

Ko`zlarimda yonar, Eyforiya olov,
Xayolimda aylanar, Eyforiya nur.
Ko`zlarimda yonar, Eyforiya olov,
Eyforiya nur, Eyforiya olov.

Yerdan begona holatim meni,
Qo`llar tobora intilar yuqori.
Aylanar yermi yoki osmon,
Men parvoz etarman.

Ko`zlarimda yonar, Eyforiya olov,
Xayolimda aylanar, Eyforiya nur.
Ko`zlarimda yonar, Eyforiya olov,
Eyforiya nur, Eyforiya olov.

Xayolimda aylanar, Eyforiya nur,
Ko`zlarimda yonar, Eyforiya olov,
Eyforiya nur, Eyforiya olov.

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]