Sardor Rahimxon - Hayot qo`shiq matni

Bizlarga berilgan bir bora hayot,
Shundoq ekan yashaylik quvnoq va shodon.
Har inson tug`ildi, yashadi, o`ldi,
Yod etmaslar nomini kerak bo`lmasa.
Har inson tug`ildi, yashadi, o`ldi,
Yod etmaslar nomini kerak bo`lmasa.

Uchgan bilan qo`narman, ilojim qancha,
Yona-yona so`narman, ilojim qancha? (x2)
Do`stingman deb aldab sen ko`nglim ranjitsang,
Yolg`on dunyo ko`narman, ilojim qancha?

O`zingni katta olma, daryo-soyimiz bitta,
Yulduz to`la charog`on osmon-oyimiz bitta. (x2)
Mol-mulkingga ishonma, tashlab ketar dunyo bu,
Har bir qilgan ishingga javob bermoq dunyo bu. (x2)

Комментарии (0)
Найти музыкальный трек, скачать его, получить тексты любимых хитов и даже посмотреть клип можно на музыкальном портале UZHITS.NET. Здесь собраны лучшие хиты Узбекистана.
По всем вопросам пишите на: [email protected]